

Amazon 2025-yil bahorida 20 yildan ortiq vaqt içidagi eng yirik brend yangilanişini körsatdi. Iş 18 oy davom etdi: London'dagi Koto studiyasi Amazon'ning içki XCM jamoasi bilan işladi.
Maşhur öq-tabassum saqlandi, lekin urğu köçdi: öqning tanasi va uçi kengaydi, tabassum çuqurroq böldi. Koto bu bilan Amazon'ning asosiy maqsadi — xaridorni xursand qilişni körsatmoqçi bölgan.
Bir neçta töq sariq tusi örniga endi bitta rang — Smile Orange. Söz belgisi uçun maxsus Amazon Logo Sans şrifti çizildi: oldingisiga juda yaqin, faqat «a» harfi detallari tozalandi. Matn uçun Kindle'ning Ember şrifti Ember Modern bölib yangilandi va 364 tilga moslandi.
Asosiy iş logoda emas, tizimda: 50 dan ortiq sub-brend — Prime, Grocery, Alexa, One Medical va boşqalar — bitta palitra va yagona ikonkalar oilasiga yiğildi. Koto'ning sözi bilan, tez ösiş davrida brend tizimi «ba'zan sifatni tezlik bilan yetkazişga qiynalgan».

Yangi brend ierarxiyasi. Rasm: Koto
Manbalar: Dezeen, Campaign. Rasmlar: Koto, Wikimedia Commons.



Izohlar (0)
Hali izoh yöq — birinçi böling.
Izoh yoziş uçun kiring