RedFox dizayn maktabi01-dars · Logo
Logoning adaptiv holati
Billboardda çiroyli turgan logo telefon ekranida doğga aylanadi. Şuning uçun kuçli brendlarda logo bitta emas — u bir oila: joy kiçraygan sari ortiqça qismini taşlab boradi, lekin tanilaveradi.
Bitta logo hamma joyga siğmaydi
Logo — rasm emas, işlaydigan belgi. U 3 metrli peşlavhada ham, brauzer yorliğidagi 16 pikselda ham bir xil tanilişi kerak.
Bitta logohamma ölçamda öşa fayl
18 pikselda «EST. 1873» ham, nom ham yöq — yaşil doğ qoldi.
Adaptiv logohar ölçamga öz holati
18 pikselda — bitta qizil yulduz. Kiçik, lekin aniq Heineken.
Yuqoridagi ikki qatorga qarang: ikkalasida ham rasmiy Heineken logosi. Birinçisida bitta fayl töğridan kiçraytirilgan — mayda yozuv avval xiralaşadi, keyin butunlay yöqoladi. Ikkinçisida har ölçamga logoning alohida holati tayyorlangan.
Şu ikkinçi yondaşuv adaptiv logo deyiladi (inglizça — responsive logo). Ğoya oddiy: sayt ekran eniga moslaşgani kabi, logo ham joyga moslaşadi. Farqi — logo şunçaki kiçraymaydi, balki soddalaşadi.
Tört daraja: XL · L · M · S
Kiyim ölçami kabi: XL, L, M, S. Eng kiçigi — S — favicon vazifasini ham bajaradi, alohida beşinçi daraja kerak emas.
- XLTöliq
600 px dan katta
Belgi + nom + şior yoki bezak. Logoning eng boy holati.
Billboard, peşlavha, körgazma, taqdimotning birinçi slaydi
- LAsosiy
200–600 px
Belgi + nom. Şior va mayda bezak tuşib qoladi.
Sayt sarlavhasi, blank, vizitka, qadoq
- MIxçam
64–200 px
Qisqa nom yoki belgining özi. Joylaşuv ixçamlaşadi.
Telefon ekrani, ilova içi, ijtimoiy tarmoq
- SBelgi
16–64 px
Bitta belgi yoki harf. Favicon ham — şu holatning özi.
Ilova ikoni, avatar, favicon
Favicon — brauzer yorliğidagi kiçkina belgi (16–32 piksel). Ba'zi qöllanmalarda u alohida «XS» daraja qilib körsatiladi. Biz amalda S holatning özini favicon qilamiz: yaxşi çizilgan S 16 pikselda ham öqiladi, şunday ekan beşinçi fayl — ortiqça yuk.
Pikseldagi çegaralar — qonun emas, mölcal. Asosiy savol bitta: «şu joyda logoning qaysi qismi hali öqiladi?» Öqilmaydigan qism qolmasligi kerak.
Disney: töliq nomdan bitta «D» gaça
Sürgiçni torting: joy toraygan sari logo özi soddalaşadi. «Bitta logo» tugmasi — adaptivsiz holatni körsatadi.
Hammasi joyida: töliq rasmiy nom — imzo va «The … Company».
XL«The Walt Disney Company»
Hammasi joyida: töliq rasmiy nom — imzo va «The … Company».
Bino peşlavhasi, rasmiy hujjat, körgazma devori
L«Walt Disney» imzosi
«The … Company» tuşib qoldi — imzoning özi qoldi.
Sayt sarlavhasi, blank, qadoq
M«Disney»
«Walt» tuşib qoldi — eng taniqli söz qoldi.
Ilova içi, tugma, ijtimoiy tarmoq muqovasi
SBitta «D» harfi
Faqat «D» — 16 pikselda ham tanilaveradi.
Ilova ikoni, avatar, favicon
E'tibor bering: har qadamda yangi narsa çizilmaydi — bor narsadan bir qism olib taşlanadi. Avval «The … Company», keyin «Walt», oxirida «isney». Qolgan «D» — öşa imzodagi harfning özi, şuning uçun uni körgan odam darhol «Disney» deydi.
Kinoda bundan ham boy holatni körgansiz: imzo ustida qasr va yoy. U ham şu oilaning a'zosi — eng katta ekran uçun. Mantiq bir xil: ekran kiçraygan sari avval qasr ketadi, keyin qolgani.
Bu — adaptiv logoning asosiy şarti: kiçik holat katta holatning bir bölagi bölişi kerak. Aks holda u boşqa logo bölib qoladi va tanilmaydi.
Dunyo brendlari buni qanday qiladi
Olti brend, bitta mantiq. Har ustunda — yuqoridan pastga: joy kiçrayadi, logo soddalaşadi.
Coca-Cola
Uzun yozuv kiçik joyga siğmaydi — brendning xalq orasidagi qisqa nomi «Coke» işga tuşadi.
- LSpenser yozuvidagi töliq nom
- S«Coke» — qisqa nom
Heineken
Avval sana, keyin joylaşuv, oxirida nomning özi tuşib qoladi. Qizil yulduz — yolğiz ham Heineken.
- XLYulduz + nom + «EST. 1873»
- LBir qatorga yoyildi, sana yöq
- SFaqat yulduz
Nike
Eng sof misol: yozuvni olib taşlaysiz — swoosh qoladi. Bugun Nike köpinça umuman nomsiz yuradi.
- LNIKE + swoosh (1978)
- SFaqat swoosh
Bang & Olufsen
Töliq nom — 14 ta belgi. Kiçik joyda undan uçta harf qoladi: B&O. Quloqçin korpusiga ayni şu siğadi.
- LTöliq nom + monogramma
- SB&O monogrammasi
NOAA
Davlat muhri: aylana böylab uzun matn. Kiçrayganda matn öqilmaydi — şuning uçun u birinçi bölib tuşadi.
- XLMuhr: halqa böylab töliq nom
- MBelgi + «NOAA»
- SFaqat belgi
Amazon
Nomdan bitta «a» va tabassum-strelka qoladi. Ilova ikonida siz körayotgan narsa — ayni şu.
- LNom + tabassum
- S«a» + tabassum
Adaptiv logoning tört qoidasi
Yuqoridagi hamma misol şu tört harakatdan birini — köpinça bir neçtasini birga — qiladi.
1
Yozuvni olib taşla
Kiçik joyda birinçi bölib matn öqilmay qoladi. Belgi kuçli bölsa — u yolğiz ham işlaydi. Belgi yöq bölsa — nomning birinçi harfi belgiga aylanadi.
2
Detalni soddalaştir
Mayda bezak, ingiçka çiziq, halqa böylab yozuv — kiçrayganda doğga aylanadi. Ularni kiçraytirmang, olib taşlang: asosiy şakl qolsin.
3
Joylaşuvni özgartir
Bir xil qismlar — boşqaça terilgan. Tor baland joyga vertikal, keng past joyga (sayt sarlavhasi) gorizontal variant. Qismlar özgarmaydi, faqat tartib.
4
Kiçikda çiziqni qalinlaştir
Logoni 10 baravar kiçraytirsangiz, çiziği ham 10 baravar ingiçkalaşadi va yöqoladi. Kiçik holatda çiziq ataylab qalinroq, oraliq kengroq çiziladi — köz uni katta holat bilan «bir xil» köradi. Bu optik kompensatsiya deyiladi.
PDP Ecosystem: bitta belgi, butun oila
2022 yilda PDP ekotizimi uçun aydentika qilganimizda logo boşidanoq adaptiv qilib çizildi: töliq muhr, asosiy logo va yolğiz belgi. Ekotizimdagi har loyiha şu oiladan öz holatini oladi.
Loyihani töliq köriş



Logo bitta emas — oila
Logoingiz bormi? Şu tört savol bilan özingiz sinab köring — beş daqiqa ketadi.
Adaptiv logo — moda emas, zarurat. Bugun brendni birinçi marta köpinça telefon ekranida, 40 pikselli avatarda köramiz. U yerda töliq logo işlamaydi — demak, kiçik holat oldindan öylangan bölişi kerak.
Yaxşi logo tizimi şunday quriladi: avval eng kiçik holat (S) çiziladi va 16 pikselda sinaladi. U işlasa — ustiga nom, şior, bezak qöşilib L va XL hosil böladi. Teskarisi — katta logoni keyin «qisqartiriş» — deyarli doim azob.
- 16 piksel. Logoni favicon ölçamiga kiçraytiring. Nima ekani bilinadimi?
- Kvadrat. Ijtimoiy tarmoq avatariga siğadimi — yoki ikki çetidan kesiladimi?
- Bir rang. Qora-oq muhrda, oynadagi yozuvda ham tanilaveradimi?
- Oila. Kiçik holat katta holatning bölagimi — yoki boşqa logomi?
Bittasiga «yöq» deb javob bergan bölsangiz — logoga adaptiv holatlar kerak.
Logoni birga körib çiqamizManbalar
Bu mavzuni birinçi marta 2018 yil 16 fevralda @redfoxuz Telegram kanalida tuşuntirganmiz — bu dars öşa misollarning yangilangan, tiniq varianti. «Responsive logo» ğoyasini 2014 yilda britaniyalik dizayner Joe Harrison ommalaştirgan.
Sahifadagi logolar qayta çizilmagan: hammasi Wikimedia Commons'dagi vektor fayllar, daraja kerak bölgan joyda — öşa fayldan kesib olingan qism. Tovar belgilari öz egalariga tegişli; bu yerda faqat ta'lim maqsadida körsatilgan.
| Rasm | Fayl (Wikimedia Commons) | Litsenziya |
|---|---|---|
| Disney — «The Walt Disney Company» (XL) | The Walt Disney Company Logo.svg | Public domain (matnli logo) |
| Disney — «Walt Disney» imzosi (L) | Walt Disney wordmark.svg | Public domain (matnli logo) |
| Disney — «Disney» (M) va «D» (S, şu fayldan kesilgan) | Disney wordmark.svg | Public domain (matnli logo) |
| Coca-Cola — töliq yozuv | Coca-Cola logo.svg | Public domain |
| Coca-Cola — «Coke» | Coke logo 2017.svg | Public domain (matnli logo) |
| Heineken — vertikal (1991) | Heineken Beer - logo vertical (Netherlands, 1991).svg | Public domain (matnli logo) |
| Heineken — gorizontal va yulduz (şu fayldan kesilgan) | Heineken logo.svg | Public domain (matnli logo) |
| Nike — NIKE + swoosh (1978) | Nike logo 1978.svg | Public domain (matnli logo) |
| Nike — swoosh | Logo NIKE.svg | Public domain (oddiy şakl) |
| Bang & Olufsen — töliq va B&O (şu fayldan kesilgan) | Bang and Olufsen logo.svg | Public domain (matnli logo) |
| NOAA — muhr | NOAA logo.svg | Public domain (AQŞ federal hukumati işi) |
| NOAA — belgi + nom, belgi (şu fayldan kesilgan) | NOAA logo mobile.svg | Public domain (AQŞ federal hukumati işi) |
| Amazon — nom | Amazon logo.svg | Public domain (matnli logo) |
| Amazon — ikon | Amazon icon.svg | Public domain (matnli logo) |
| PDP Ecosystem — aydentika | RedFox portfoliosi | © RedFox |