"Namunali shogird maqolasi, faqat unga munosib shogirdlar uchun yoziladi".
(Rahimjon Gaziyev)
Bugun Mirkomil Mirusmonov RedFox dizayn studiyasini tark etdi. Bu avvalo men uchun kichik musibat, chunki yaxshi ko'rgan shogirdni boshqa bir ishga kuzatish oson emas. Ammo Mirkomil haqiqatan namunali shogird bo'lgani uchun shaxsan o'zim undan rozi bo'lgan holda "Namunali shogird" turkum maqolasini yozishga qaror qildim.
Bu kompaniyani noldan tashkillaganim uchun qanday qilib bu darajaga yetganimizni juda yaxshi bilaman. Eng boshidan hamma ishni boshida o'zim bo'ldim, oddiy mayda ishlardan tortib, management, marketing, oddiy portfolio joylash ishlarigacha hammasini o'zim bajarib keldim. Shuning uchun soxta statistika va safsata marketinglar qilishni yomon ko'raman. Bu (kazzoblik) mani qiynalib bosib o'tgan yo'limga to'g'ri kelmaydi. Shuning uchun aniq aytishim mumkin shu paytgacha 500 dan ortiq shogirdlar dizayn studiyamizga shogirdlikka kelib ketishgan bo'lsa, ulardan faqat barmoq bilan sanaydiganlari "Namunali shogird" maqomiga erisha olgan xolos.
Men bu haqiqatni aytishdan tortinmadim, chunki ming afsuslar bo'lsinkim, bu (kam natija bo'lishi) mintalitetimizdagi umumiy oilaviy tarbiya bilan uzviy bog'liq bo'lgan muammo.
Namunali shogird bo'lolmaganlar yarmidan ko'pi beqarorligi tufayli, sohani oxirigacha olib ketmagan. Yarmidan ko'pi atagi yarim yilga bormay taslim bo'ladi, "bu soha menga emas ekan" deb. Qo'lidan ozgina ish kelib qolgan lekin 4 yulduz darajaga erisholmay ertaroq ishga kirib ketganlar esa, yarmidan ko'plari noshukr shogirdlar hisoblanadi. Qayerda, kimdan, nimani o'rganganlari esidan chiqib ketgan shogirdlar. Aynan shu nonko'r shogirdlar ko'pligidan, bugundan boshlab, har bir namunali shogird haqida maqola yozishni niyat qildik. Toki (shogirdlarni bitirishini kutib turgan) ish beruvchi kompaniyalar ham kimni ishga olish afzalroq ekanini yaqqol bilsin. Kim (o'sha hozirda va'da qilinayotgan) falon mln oylikka (достойный) loyiq ekanini tushunsin.
Mirkomil Mirusmonov RedFox Akademiyasiga 2020 yilning 10 yanvar kuni kelgan.
Avval Respulika dizayn kollejida Dizayn fakultetida o'qib bitirgan. Kollejni bitirgandan so'ng 6 oy dizayner va SMMchi sifatida ish yuritgan. Quyida avvalgi ishlaridan namunalar.
So'ngra, mokap(mockup)lar bilan ishlashni o'rgangan va dizaynlar ham tayyorlab turgan.
2020 yilning Bahor faslida Koronavirus pandemiyasi sababli karantin e'lon qilib, lokdaun bo'ldi. Lokdaun 20 martdan 1 iyungacha davom etdi. Shu muddat ichida masofadan ishlashga to'g'ri keldi.
Lokdaundan so'ng dizayn uchun kuniga 12 soat va undan ko'proq shug'ullanishni boshladi. Asosan poligrafik va qadoq dizayni bilan shug'ullandi, ya'ni katalog, flayer, billboard, etiketka dizaynlar.
🚀 #newlevel / Mirkomil Mirusmonov ⭐️⭐️
Frilansus.com (https://t.me/frilansus) loyihasida faol ishtirok etib, 1 000 000 so'mdan yuqori daromad topgan freelancer, Mirkomil Mirusmonovga ⭐️⭐️ (2) ikki yulduz darajasi berildi, hamda:
50 000 so'm mukofot puli taqdim etildi.
Topshirgan loyihalaringiz soni: 13
Tizimidan umumiy daromadingiz: 1 240 000 so'mga yetdi.
Sizga yana taqdim etiladi:
🔸 Premium guruhlariga o'tish
🔸 Freepik premium (cheksiz)
🔸 Dizayner ismi portfolioga kiritiladi
🔸 Portfoliodagi source fayllar beriladi
🔸 Yuqori narxdagi buyurtmalar
🔸 Premium mockups (olib beriladi)
🔸 Rag‘batlantiruvchi sovg‘alar
Sizga bundanda yuksak muvaffaqiyatlar tilab,
hurmat ila RedFox jamoasi 👏👏👏
Yil ohirlarida Mirkomil Mirusmonov oddiy proyektlaridandan tashqari katta proyektlarda ham qatnasha boshladi. Misol uchun Golden valley, Maknon Buildings, Capella, Invan, MBF, Novaya Volna, Sunnah Products va boshqalar.
2021 yil 29 aprel kuni Frilansus.com platformasida 4 ⭐️⭐️⭐️⭐️ yulduz darajasini qo'lga kiritdi.
🚀 #newlevel / #mukofot / Mirkomil Mirusmonov ⭐️⭐️⭐️⭐️
Frilansus.com (https://t.me/frilansus) loyihasida faol ishtirok etib, 10 000 000 so'mdan yuqori daromad topgan freelancer, Mirkomil Mirusmonov ⭐️⭐️⭐️⭐️ (4) to'rt yulduz darajasi berildi, hamda:
500 000 so'm mukofot puli taqdim etildi.
Topshirgan loyihalaringiz soni: 33
Tizimidan umumiy daromadingiz: 10 000 000 so'mga yetdi.
Sizga yana taqdim etiladi:
🔸 Barcha guruhlar imkoniyati
🔸 Dizayner ismi marketing qilinadi
🔸 Yuqori narxdagi buyurtmalar
🔸 Premium mockups (olib beriladi)
🔸 Rag‘batlantiruvchi sovg‘alar
🔸 Toshkent Shahrida bepul turar joy va co-working.
Sizga bundanda yuksak muvaffaqiyatlar tilab,
hurmat ila Frilansus.com jamoasi 👏👏👏
Frilansus.com — frilanserlarni rivojlanish platformasi hamda baholash tizimi haqida o'qigan bo'lsangiz (O'qimagan bo'lsangiz menga bosing) 4 yulduz darajasidagi "Silver sertifikat" olgan frilanser eng kamida 3 mln so'mdan — 5 mln so'mgacha oylik maoshli ishga joylashish ehtimoli haqida yozilgan. Hozirda Mirkomil Mirusmonov 4 yulduz daraja hamda Silver sertifikat bilan, boshlang'ich maosh 5 000 000 so'mdan - 10 000 000 so'm oylikli daromadli ishga joylashdi.
"Redfox'ga kegan kunlarim Dizaynni bilib keganman digan fikrim o'zgargan, shu joyga kelib jamoa bilan menejer va klientlar bilan ishlashni o'rgandim. Undan tashqari ustozdan kunlarni tartiblashni, dasturlarni foydalanish kabi ko'pchilik bilmaydigan bilimlarni o'rganib hayotimga tadbiq qildim va shu mening yutug'im bo'ldi".
Sevimli shogirdimiz Mirkomil Mirusmonov'ga butun jamoamiz nomidan kelgusi ishlarida muvaffaqiyat tilab qolamiz, baraka topsin! Yurtimizda ana shunday ota-onasiga rahmat olib beradigan Namunali shogirdlar soni va sifati ko'payib boraversin!