"Namunali shogird maqolasi, faqat unga munosib shogirdlar uchun yoziladi". (Rahimjon Gaziyev)
"RedFox shunchaki dizayn studiya emas, uni o'z qadriyatlariga va maqsadlariga ega bo'lgan oila deyish mumkin". (Muhammadali Abdilqosimov)
Barchangizga salomatlik tilagan holda "Namunali shogird" loyihamizning keyingi qahramonini tanishtirishda davom etamiz — Muhammadali Abdilqosimov
Muhammadali Abdilqosimov RedFoxga 2020-yil 10-oktabrda yorqin kelajak sari birinchi qadam qo'ygan.
Muhammadali Abdilqosimov kelganda (ya'ni 2020-yil 10-oktabr) SMM menejer yo'nalishi bo'yicha shogird tushgan. Shu sohada 2 oy ishlab grafik dizaynga qiziqish uyg'ongan va ustozlar bilan maslahatlashgan holda, grafik dizayn sohasini o'rganishni boshlagan. Ko'rib turganimizdek uning bu qarori o'zini oqladi deb bemalol aytish mumkin.
Grafik dizayn bo'yicha hech qanday tushunchaga ega bo'lmasdan turib bu sohani o'rganish ko'pchilik uchun biroz qiyinchilik tug'dirishi mumkin. Endigina grafik dizayn sohasiga qadam bosayotgan Muhammadali, ustozlari Mirkomil Mirusmonov ("Namunali shogird" loyihasidagi birinchi qahramonimiz) dan dizayn asoslarini ( xususan dinamika va tipografiya), Anvar Zaripovdan ("Namunali shogird" loyihasidagi ikkinchi eng yaxshi shogird) dan poligrafik dizayn (jumladan tipografiya va poligrafiya ishlarini ipidan ignasigacha), Rahimjon Gaziyev ("RedFox" asoschisi) dan umumiy dizaynga oid barcha tushuncha va ko'nikmalarni ya'ni dizayner qanday bo'lishi kerak, qanday fikrlashi kerak, muammolarni qay yo'l bilan bartaraf etish lozimligini o'rgandi.
Hozirgi 4 yulduz darajasiga chiqish uchun ko'p mashaqqat chekdi. Misol uchun, birgina ishi qabuldan o'tish uchun 30 ga yaqin variantlar tayyorlar, kunning 12-15 soatini shu ishga bag'ishlar edi. Hatto, ba'zida tunlari uxlamasdan berilgan vazifalarni bajarar edi.
Muhammadali Abdilqosimov ham qolgan "Namunali shogird" lar kabi olgan bilim va ko‘nikmalaridan so‘ng o‘z ishiga yuqori did va masʼuliyat bilan yondashadigan bo‘ldi.
Muhammadalining bu tinimsiz harakatlari o'z mevasini bermasdan qolmadi va u 2021 - yilning aprel oyida (ya'ni 4 oy ichida) Frilansus.com platformasida 2 ⭐️⭐️ yulduzga keyin oktyabr oyida esa 4 ⭐️⭐️⭐️⭐️ yulduz darajasiga erishdi.
Muhammadalining say-harakatlari bizning nazarimizdan chetda qoldirmadi va shu bilan birga Frilansus.com loyihasida kumush sertifikati sohibiga aylandi.
Frilansus.com — frilanserlarni rivojlanish platformasi hamda baholash tizimi haqida o'qigan bo'lsangiz (O'qimagan bo'lsangiz bosing) 4 yulduz darajasidagi "Silver sertifikat" olgan frilanser eng kamida 3 mln so'mdan — 5 mln so'mgacha oylik maoshli ishga joylashish ehtimoli haqida yozilgan. Hozirda Muhammadali Abdilqosimov 4 yulduz daraja hamda "Silver sertifikat" bilan Frilansus.com platformasida 10 000 000 dan ortiq daromad topgan.
Muhammadali Abdilqosimovga 4 ⭐️⭐️⭐️⭐️ yulduz darajasi bilan taqdirlash marosimidan
Faoliyati davomida Muhammadali Abdilqosimov ko'plab yirik loyihalarda ish olib bordi. Jumladan: Active Polimer, Sardor, Ishonch va shu kabi boshqa kompaniyalar loyihalarida faol ishtirok etgan.
Bu yerda Muhammadali Abilqosimovning oxirgi paytda qilgan ishlaridan namunalar keltirilgan
"Bu yerga kelib tushungan narsam shu bo'ldiki, hech narsa shunchaki bo'lib qolmaydi, agar harakat qilinmasa. Faqat o'ylash bilan muammoga yechim topilmaydi, his-tuyg'u va muammollarni bir chetga surib harakat qilish kerak" deya ta'kidlaydi o'z o'rganganlari haqida Muhammadali.