Halal Trucking
Kelgan vaqti:
24.06.2019
Hozirda:
Management
Frilansus.com platformasidagi darmadi:
18 500 000 so'm

Management

Assalomu Alaykum hurmatlik kanal obunachilari. Mening ismim Rahmatulloh Kadamboyev. Men Redfox Design Studiosiga 24-iyun 2019-yil dushanba kunida shogird sifatida qa'bul qilindim(deyarlik 3 oy bo'libdi 😮).

Bu fursat davomida Ustozdan qolaversa boshqa shogirdlardan ko'plab ish ko'nikmalariga ega bo'ldim va ularni qo'llagan holda buyurmalarni(kamchiliklar bilan bo'lsada) bajarishni boshladim. Va nihoyat birinchi ishim ma'qullandi.

Ochig'ini aytsam shu kunga qadar qilgan ishlarim gohida bitmas edi, gohida o'xshamas edi gohida esa beriladigan ulush(mablag')ni o'ylab shoshilib qo'yar edim. Biroq bu ishim(professional darajada bo'lmasa ham) ma'qul kelishini juda ham hohlagan edim va bu ish(Ustozning to'g'irlovlari bilan albatta) amalga oshdi.

O'sha vaqtda juda xursand bo'lgandimki, buni ta'riflay olmayman chunki, mehrobuz uchun qilingan (e'tibor bering) birinchi ishim - birinchi ma'qul bo'lgan ishim bo'lishini(mana shu ishni qilayotgan vaqtim) niyat qilgan edim. Va bu amalga oshdi.

Ustozimdan minnatdorman)