Dizayn tizimi
Saytdagi har bir rang, shrift va komponent shu yerda. Yangi narsa avval shu sahifaga tushadi.
Taklif — Ustoz hali tasdiqlamagan
Tasdiqlansa — «Aktiv»dagi qoidaga ko‘chadi. Rad etilsa — saytdan olib tashlanadi. Javob uchun raqam yetarli: «1 ha, 3 yo‘q».
- 01
Logo atrofidagi bo‘sh joy — belgi enining ¼ qismi
Har tomondan kamida shuncha joy: matn, chegara yoki boshqa logo kirmaydi.
- 02
Logoning eng kichik o‘lchami
Belgi — 16 px (ekran) / 6 mm (bosma). To‘liq logo — 72 px / 20 mm eni; undan kichikda faqat belgi.
- 03
Ilova belgisi o‘lchamlari
Android: maydon 108, xavfsiz doira 66, belgi eni ≈ 54. iOS: 1024×1024, belgi ≈ 55%. Avatar (Telegram, Instagram): doirada belgi ≈ 60%.
- 04
Alohida mahsulot belgisi — fon yoki halqa bilan
Masalan FoxOS: belgiga tegilmaydi, farq — fon rangi yoki belgi atrofidagi halqa; nom belgi ostida.
Nega: Belgiga yozuv qo‘shish taqiqlangan — ajratishning boshqa yo‘li kerak.
- 05
Bosh sahifa tartibi: ishlar birinchi ekrandan keyin
Birinchi ekran → Tanlangan ishlar → Xizmatlar → Nima uchun biz → Aloqa. Takror mijozlar devori olib tashlandi (logolar birinchi ekran tasmasida bor).
Nega: Xalqaro studiyalar ishni birinchi ko‘rsatadi; mijoz studiyani ishidan baholaydi.
- 06
Kontent kengligi — 1600 px, chekka 4%
Hamma bo‘lim bitta chiziqda (avval: 1440 ekranda 996 px, chekka 15,4%; ishlar to‘ri esa keng edi).
Nega: Ishlar keng, qolgan bo‘limlar tor edi — sahifa «sakrab» turardi.
- 07
Bo‘lim sarlavhalari katta — 32–60 px, oddiy harf
«Xizmatlarimiz», «Tanlangan ishlar» va boshqalar (avval 24 px, KATTA harf).
Nega: Sarlavha oddiy matn bilan bir darajada edi — ko‘z nimadan boshlashni bilmasdi.
- 08
Kulrang matn — #6B6B6B
Izoh va ikkinchi darajali matn rangi (avval Final’dagi #818181).
Nega: Oq fonda kontrast 3,9 → 5,3 — telefonda quyoshda ham o‘qiladi (xalqaro me’yor 4,5).
- 09
Bosiladigan joylar kattaroq
Menyu tugmalari 36 px, telefon menyusi 44 px, «[ TUGMA ]» — 40 px balandlik.
Nega: Barmoq bilan bosishda adashmaslik.
- 10
Aloqa formasidagi budjet darajalari
15 mln gacha · 15–40 mln · 40 mln dan ko‘p (xizmat narxlaridan chiqarilgan).